Get Mystery Box with random crypto!

#Шеърият Sog‘inch... Ishq borligin bilganda bu qalb Birdan b | الإسلام في قلوبنا

#Шеърият

Sog‘inch...

Ishq borligin bilganda bu qalb
Birdan bo‘ldi qandayin bir dard
Sog‘inch bo‘ldi yana bir oz dard
Sog‘inganim uzoqlarda-ku

Balkim bir kun bo‘lar bu oxir
Sog‘inganim bo‘larmi zoxir
Qalbim taskin toparmi oxir
Sog‘inganim yiroqlarda-ku...

Mana endi bo‘ldi kun tamom
Hali hamon Hijron men tomon
Sog‘inganim shams og‘ar tomon
Sog‘inganim uzoqlarda-ku

Asli bilar oshiq dardini
Ma'shuqasin yo‘qotgan oshiq
Menga esa bormi bir dardkash
Sog‘inganim uzoqlarda-ku

Balkim ul kun bo‘lar ertaga
Visol oni bo‘lar ertaga
Qovusharman balkim ertaga
Sog‘inganim yiroqlarda-ku...

She'rim kimgaligin siz ham bilasiz
Balkim siz ham mendek oshiq bo‘lasiz!
Qachongacha yana osiy bo‘lamiz?
Sog‘inganim meni uzoqlardaku...



15.01.2019

Amir MuhammadAmin


Яқинларингизга ҳам улашинг!

Телеграмдаги манзилимиз: t.me/qalbimizdaa
Одноклассникидаги манзилимиз: ok.ru/qalbimizdaa