Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Gitmax logo tanlovi o'z nihoyasiga yetganini ma'lum qila | Brain Development | Stay at home

Bugun Gitmax logo tanlovi o'z nihoyasiga yetganini ma'lum qilamiz. Bizga kelib tushgan barcha namunalarni yig'ib, @gitmaxlogo kanaliga tashladik. Bizga yuborilgan logotiplarning ko'p qismi internet manbalaridan ko'chirilganiligi va tayyor shablonlardan foydalanilgani ma'lum bo'ldi. Ba'zilar qayta ishlashga ham harakat qilgan. Ammo logotip namunalarni yuborgan barcha ishtirokchilar harakat qilishdi.

Shuning uchun Gitmax jamoasi tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga online tartibda 15-sentabrdan boshlanadigan python web development kursi uchun 30% chegirma berishga qaror qildi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga o'z minnadorchiligimizni bildiramiz. Ammo hech qaysi logotipni g'olib deb ayta olmaymiz.

Gitmax yaqin kunlarda malakali dizaynerlar bilan birgalikda o'z logotipini yangicha ko'rinishda namoyish etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni
kuzatib boring!
Telegram | Guruh | Instagram | Youtube