Get Mystery Box with random crypto!

HOMEWORK | onlayn maktab

لوگوی کانال تلگرام homework_uz — HOMEWORK | onlayn maktab H
لوگوی کانال تلگرام homework_uz — HOMEWORK | onlayn maktab
آدرس کانال: @homework_uz
دسته بندی ها: دستهبندی نشده
زبان: فارسی
مشترکین: 2.16K
توضیحات از کانال

Onlayn maktabimizda ingliz va rus tillarini kuchli ustozlardan uydan chiqmay o'rganing.
Instagram: https://bit.ly/3gcEi9C
Facebook: https://bit.ly/3HhQGB8
Veb-sayt: www.myhomework.uz
📞 998930611112
📨 @Saidabbos_Homework
🌐 https://bit.ly/3sCFc

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


آخرین پیام ها 36

2021-04-06 13:45:43 ​​Kontekstli o'rganish uslubi

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, "sekin o'rganuvchilar" va "tez o'rganuvchilar" o'rtasidagi farq - ularning o'qish uslublarida ekanligi ya’ni "tez o'rganuvchilar" ma’lumotni yod olish o'rniga g'oyalar o'rtasida bog'lanishni shakillantirishini aniqlashdi.

Demak, lug‘at yoki matnlarni shunchaki yodlashga urinmang. Ushbu vaziyatda Konteksli o‘rganish usuli o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Siz yangi ma’lumotlarni ilgari yodlagan eski manbalaringizga bog‘lagan holda, tasavvuringizni ishlatib yodlashga harakat qiling.

Kontekstli o'rganish deb nomlanuvchi ushbu jarayon talabalardan o'zlarining o'rganish usullarini g‘oyalar orqali moslashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga, barcha ma'lumotlarning "o‘z o‘rnida" bo'lishiga va ular uchun alohida ma'noga ega konteks topishga ilhom beradigan aloqalarni o'rnatadi. 

E’toborli bo‘ling, til o‘rganishda ham bu uslul juda muhim hisoblanadi. Misol uchun, siz o‘zbek tili grammatikasiga ingliz yoki rus tili grammatikasini solishtirib va ma’no jihatdan bog‘lab o‘rganishingiz kerak. Ikki til o‘rtasida farqli jihatlarni aniqlay olsangiz, bu tilni yaxshi o‘zlashtirayotganligingizdan darak beradi.

Instagram | Facebook | Telegram
2.5K views10:45
باز کردن / نظر دهید
2021-04-06 08:16:39
#iqtibos

Kambag'al, omadsiz, baxtsiz va nosog'lom bo'lgan odam «Ertaga». degan so'zni ko'p ishlatadigan odam hisoblanadi.

Robert Kiosaki

Instagram | Facebook | Telegram
2.4K viewsedited  05:16
باز کردن / نظر دهید
2021-04-05 13:23:34 ​​#Polyglot

​​70 dan ortiq til bilgan “Sharq Arastusi”

"Sharq Arastusi", “Ikkinchi Muallim” nomlari bilan tanilgan Abu Nasr Forobiy 873-yilda tavallud topgan edi. Olimning ilm fan uchun qo‘shgan hissasi beqiyos hisoblanadi. Shunday buyuk hissalardan biri Forobiy yunon olimlarining asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g‘oyalar bilan boyitganligidadir.

Alloma, eng avvalo Arastu asarlarini sharhlagan, uning falsafiy g‘oyalarining targ‘ibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan.Taʼkidlash joyizki, olim falsafa kitoblarini sharhlabgina qolmay, 160 dan ortiq asarga mualliflik ham qilgan.

Farobiy ilm istagida ko‘plab yurtlarga safar qilgan. Olim ilgari surgan fikrlar 16—20-asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganildi.

Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir ko‘rsatdi.

Olim 77 yillik umri davomida 70-dan ortiq tilni bilgan va amalda qo‘llagan.

Bugun yurtimizdan yana Forobiy kabi olimlar chiqishi uchun uydan chiqmagan holatda yangi tillarini o'rganish imkoniyati mavjud.

Instagram | Facebook | Telegram
2.4K views10:23
باز کردن / نظر دهید
2021-04-04 09:32:06
#homework_humor

No Comment

Instagram | Facebook | Telegram
2.6K views06:32
باز کردن / نظر دهید
2021-04-02 13:11:06 ​​Ikkinchi tilni o‘rganishning ajablantiradigan afzalliklari

Ikkinchi tilni o‘rganish orqali siz faqatgina qo‘shimcha tilga ega bo‘lmaysiz! ikkinchi tilni o'rganishning ko'plab afzalliklari bor. Ushbu afzalliklarni birma bir ko‘rib chiqamiz.

Test yechish qobilyati samaraliroq bo‘ladi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ikkinchi tilni o'rganadigan talabalar testlarda bir tilli tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq ishlashadi. AQShda ikkinchi tilni o'rganadigan talabalar ingliz tili va matematikadan test sinovlari natijalari faqat bitta tilni biluvchi o‘quvchilarnikiga nisbatan balandroq ekani aniqlandi.

Ko‘p vazifalarni bajara olish ko‘nikmalari rivojlanadi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ikkinchi tilni o'rganadigan talabalar miyasining ijro etuvchi qismi yaxshi ishlaydi. Bu miyaning boshqa bir narsaga e'tibor bermasdan bir narsada diqqatni jamlashni anglatadi. Ikki tilni o‘rganuvchi o'quvchilar aqliy ravishda tillar o'rtasida bir-biriga o'tishlari sababli, miya vazifalarni almashtirish va ma'lumotlarni filtrlashda usta bo'ladi.

Miya quvvati yaxshilanadi
Ikkinchi tilni egallash juda ko'p amaliyotni talab qiladigan murakkab tizimni o'z ichiga oladi. O'quvchilarning miyasi qoidalarni aniqlash ustida ishlayotganda, miya muammolarni hal qilish va eslash qobiliyatini kuchaytiradi.

Agarda siz ikkinchi tilni bilsangiz yoki o‘rganayotgan bo‘lsangiz sizda ham yuqoridagi qobilyatlar rivojlanib bormoqda. Lekin bitta tilni bilishning ham juda ko‘p foydali jihatlari bor. Muhimi o‘rganishdan to‘xtamasangiz bas.))

Instagram | Facebook | Telegram
2.9K views10:11
باز کردن / نظر دهید