Get Mystery Box with random crypto!

Rasululloh ﷺ dedilar: «Agar Alloh taolo biror qavmga azob yub | Firdavsiylar

Rasululloh ﷺ dedilar: «Agar Alloh taolo biror qavmga azob yuborsa, u azob o‘sha qavmning yaxshisi-yu yomoniga birdek yetadi. Lekin qiyomatda amallariga qarab qayta tirilishadi»
Buxoriy va Muslim rivoyati(Ibn Umar (r.a).dan)

Rasululloh ﷺ «bizga yetti narsaga odat qilingiz! — dedilar:
1. Janozaga qatnashmoqni
2. Kasalni borib ko‘rmoqni
3. Chaqirilgan joyga bormoqni
4. Mazlumga yordam bermoqni
5. Qasam ichsa, qasamida turmoqni
6. Salomga alik olmoqni
7. Aksa urgan kishi «Alhamdulilloh» desa, unga «Yarhamukalloh» demoqni»

Imom Buxoriy rivoyati (Barro ibn Ozib (r.a).dan)

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!