Get Mystery Box with random crypto!

Firdavsiylar

لوگوی کانال تلگرام firdavsiylar — Firdavsiylar F
لوگوی کانال تلگرام firdavsiylar — Firdavsiylar
آدرس کانال: @firdavsiylar
دسته بندی ها: دین
زبان: فارسی
مشترکین: 7.59K
توضیحات از کانال

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم
💰: @reklamaFR
Ijtimoiy tarmoqlar ro'yxati:
👉 https://taplink.cc/firdavsiylar

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


آخرین پیام ها 5

2022-08-28 19:03:43 SO'NGGI AZON

Sevikli payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng Bilol (roziyallohu anhu) Abu Bakr (roziyallohu anhu)ning oldilariga borib shunday dedilar:
— Ey Rasulullohning xalifasi, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlarini eshitgan edim: «Mo‘‘minlarning eng afzal amallaridan biri bu Alloh yo‘lida qilgan jihodlaridir».
— Ey Bilol, nima qilmoqni istayapsiz? — deb so‘radi Abu Bakr (rodiyallohu anhu).
— Men to vafot etgunimga qadar o‘zimni Alloh yo‘liga baxshida etmoqlikni istayman.
— (Siz ketsangiz) kim biz uchun azon aytadi?
Bilol (roziyallohu anhu) ko‘zlari to‘la jiqqa yosh bilan:
— Men Rosulullohdan so‘ng boshqa hech kimga azon ayta olmayman...
— Ey Bilol, qoling va biz uchun azon ayting...
— Agar meni o‘zingiz uchun ozod qilgan bo‘lsangiz, aytganingizcha bo‘la qolsin. Agar meni Alloh uchun ozod etgan bo‘lsangiz, meni qo‘yib yuboring.
— Sizni Alloh uchun ozod qilganman, ey Bilol.
Bilol (roziyallohu anhu) “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan so‘ng, endi Madinada qola olmayman” deb, Shom diyoriga safarga otlandilar.
Qachonki Bilol azon aytishni istab, «Ashhadu anna Muhammadar rosululloh»ga yetganlarida nafas ololmay to‘xtab qolar, yig‘lab yuborar edilar.
Oradan ikki yil o‘tgach Bilol (roziyallohu anhu) tushlarida Nabiy sollallohu alayhi vasallam u kishiga «Bu qanday jafo bo‘ldi ey Bilol? Bizni ziyorat qiladigan vaqtingiz kelmadimikan?», deb aytganlarini ko‘radilar.
Bilol (roziyallohu anhu) mahzun holatda uyg‘ongach, Madinaga otlanadilar. Rasulullohning qabrlarini ziyorat qilar ekanlar, yerga yotib olib yig‘ladilar. So‘ngra Hasan va Husayn bilan ko‘rishib, ularni mahkam bag‘irlariga bosib, o‘pdilar.
Hasan va Husayn Bilol (roziyallohu anhu)ga:
— Saharda azon aytishingizni xohlar edik, — dedilar.
Darhaqiqat, Bilol masjid sathida turib “Allohu akbar, Allohu akbar” deganlarida butun Madinani titroq bosdi.
“Ashhadu alla ilaha illalloh” deganlarida esa titroq zo‘rayib ketdi. “Ashhadu anna Muhammadar Rosululloh” deganlarida esa ayollar ham xonalaridan otilib chiqa boshladilar. Payg‘ambar alayhissalom vafotlarini ko‘rgan sahobalar Bilolning azonidan larzaga keldilar.
Mo‘minlar amiri Umar (roziyallohu anhu) Shomga jo‘nab ketayotganlarida musulmonlar Bilolni bir marta bo‘lsa ham namozga azon aytib berish uchun o‘zlari bilan olib kelishni aytib o‘tindilar. Mo‘minlar amiri Umar Bilol (roziyallohu anhu)ni chaqirayotganlarida namoz vaqti edi. Umar (roziyallohu anhu) Biloldan namozga azon aytib berishlarini iltimos qildilar.
Bilol (roziyallohu anhu) yuqoriga ko‘tarilib, azon ayta boshladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tanigan barcha sahobalar yig‘lashga tushdilar. Ular xuddi avvallari yig‘lamagandek shiddat bilan (to‘yib-to‘yib) yig‘lar edilar. Eng qattiq yig‘lagan Hazrati Umar (roziyallohu anhu) edi.
Bilol (roziyallohu anhu) o‘lim to‘shagida yotganlarida zavjalari yonlarida o‘tirib yig‘ladilar. Shunda Bilol (roziyallohu anhu) dedilar:
— Sen yig‘lama, ertaga sevganimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) va u zotning ashobiga yetishamiz...

Arab tilidan Ummu Yasmin va Mustafo tarjimasi.

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
2.9K views16:03
باز کردن / نظر دهید
2022-08-28 16:29:33
— Uni qanday sevib qolding?
— Muammolarimni ko‘rib qo‘rqib ketmadi.


Mubashshir Ahmad

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
2.6K views13:29
باز کردن / نظر دهید
2022-08-28 14:54:40
JANNATDA ERKAKLARGA ATALGAN HURLAR NIMADAN YARALGAN?

“Alloh taolo huri ’iynlarni:
- Oyoq barmoqlaridan tizzasigacha za’farondan
- Tizzasidan ko‘kragigacha mushkdan, ko‘kragidan bo‘ynigacha anbardan
- Bo‘ynidan boshigacha oq kofurdan yaratdi
- Agar qarasa, yuzidan xuddi quyosh dunyo ahliga nur sochganidek porloq nur taraladi
- Agar unga qaralsa, kiyimlari va terisining nozikligidan jigari ko‘rinadi
- Boshida xushbo‘y mushkdan bo‘lgan yetmish ming kokil sollanib turadi
- Har bir kokilning etagida bir xizmatchi qiz ko‘tarib yuradi va: “Allohning do‘stlari uchun qilgan amallari evaziga mukofotdir“ deb nido qiladi“.
- Ularning egnida riongul (juda go‘zal gul) kabi yetmish ming bezak bor"

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
2.8K views11:54
باز کردن / نظر دهید
2022-08-28 11:33:36 Payg'ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi va sallam aytdilar...
Jannatda o'lim Yo'qdur.
Agar Jannatda O'lim bölganida
edi Insonlar faqat Bitta Narsadan
O'lib ketar
edi... Ya'ni Jannatdagi HUR larni
Go'zalligini ko'rib o'lib ketar
edilar... Ummu Salama rodiyallohu anho so'radilar... Ey Allohning Rasuli Erkaklarimiz
Jannatda Hurlar
bilan ovora bo'lib qolishsa, Dunyo
Ayollari
Chekkada qolib ketar ekanda...
Payg'ambarimiz aytdilar... JANNATNING
ICHIDA DUNYO AYOLLARI
JANNAT HURLARIDAN 70
MARTTA GO'ZALROQ
BO'LADI.

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
3.7K views08:33
باز کردن / نظر دهید
2022-08-27 07:55:11 Umar ibn Xattob roziyallohu anhu dedi:

Dushmaningdan chetlashib, do‘stingdan ehtiyot bo‘l. Illo, amiyn- ishonchli (do‘st) unday emas. (Bilib qo‘yki), faqat Allohdan qo‘rqadigani ishonchli (do‘st) bo‘ladi”.

“Uyunul axbor” kitobidan.

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
3.6K viewsedited  04:55
باز کردن / نظر دهید
2022-08-26 03:50:37
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ!

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
4.6K viewsedited  00:50
باز کردن / نظر دهید
2022-08-23 12:05:08
O‘zini-o‘zi o‘ldirgan kishi Alloh unga (bu qilmishi uchun oxiratda) qanday azoblarni hozirlab qo‘yganini bilganida edi, unga yetgan dunyo balo, ofatlarini rohat, yengillik deb bilgan bo‘lardi.

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
6.8K views09:05
باز کردن / نظر دهید
2022-08-21 06:01:09
Gohida chekinish vaziyatni o'nglaydi..

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
7.0K views03:01
باز کردن / نظر دهید
2022-08-19 21:45:29
@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
8.9K views18:45
باز کردن / نظر دهید
2022-08-19 02:00:35 Фозил Қори - Жума намозига бориш хакида жудаям керакли маъруза эшитиб дўстларизга ҳам юборинг
Ухлашдан олдин тинглаб ётинг!
Ва эртароқ туринг таҳажжуд ҳамда бомдод ўқинг!

@firdavsiylar | Jannat sari bir qadam!
8.0K views23:00
باز کردن / نظر دهید